» » Germaniyaning “Sonnenklar.TV” yetakchi sayyohlik telekanali O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib etishni boshladi (video)

Germaniyaning “Sonnenklar.TV” yetakchi sayyohlik telekanali O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib etishni boshladi (video)


Germaniya hamda Yevropa Ittifoqining yetakchi sayyohlik kanallaridan biri “Sonnenklar.TV” O‘zbekistonga sayohatni targ‘ib qilishni boshladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Bu jarayon 2019-yil oxiriga qadar nemis va boshqa Yevropa mamlakatlari tomoshabinlariga keng va maqsadli axborotni taqdim etishga mo‘ljallangan bo‘lib, sayyohlik imkoniyatlari, mamlakatning tarixiy shaharlari va jahonga mashhur turistik markazlariga keng va maqsadli axborot taqdim etishga mo‘ljallangan. “Sonnenklar.TV” telekanali har oyda 40 milliondan ziyod uy xo‘jaliklari hamda 41 millionga yaqin onlayn auditoriyaga ega.

E’tiborlisi shundaki, O‘zbekiston haqida e’lon qilingan material chiqishining dastlabki soatlarida 16 kishi O‘zbekistonga sayyohlik safarlari uchun to‘lovni amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Sonnenklar.TV” Germaniyaning eng kuchli to‘rttaligidan o‘rin olgan yirik tur operatorlaridan biri bo‘lgan FTI Group sayyohlik guruhiga tegishlidir. Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov rahbarligi hamda O‘zbekistonning Gemaniyadagi elchixonasi ko‘magida “ITB Berlin 2019” doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston turistik salohiyatini Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarida keng targ‘ib etishga doir qator kelishuvlarni amalga oshirildi.

Germaniya hamda Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida yil yakuniga qadar O‘zbekistonga minglab sayyohlarning tashrif buyurishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют