» » Davlat bojxona qo‘mitasi mineral suv importiga bojxona bojlarini oshirishni taklif qilmoqda

Davlat bojxona qo‘mitasi mineral suv importiga bojxona bojlarini oshirishni taklif qilmoqda


Davlat bojxona qo‘mitasi mineral suv importiga bojxona bojlarini oshirishni taklif qilmoqda. Bu haqda qo‘mita tomonidan e’lon qilingan Prezident qarori loyihasida aytiladi, deb xabar berdi Spot.

Gap TN TIF 2201 kodli tovar mahsuloti haqida ketmoqda:

Tabiiy yoki sun’iy mineralli, gazlangan, shakar qo‘shilmaydigan yoki boshqa ta’m beruvchi yoxud aromatik moddalarga ega suvlar; muz.

Hozir ushbu tovarlarni olib kirish bo‘yicha boj 30 foizni tashkil etadi. Loyihada bojni 50%gacha oshirish va bir litr uchun 0,25 dollarlik minimal cheklov o‘rnatish taklif etilmoqda.

Qo‘mitaning fikriga ko‘ra, stavkaning oshishi sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni yuqori sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlash, mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют