» » Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqdi

Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqdi


Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanligini ma’lum qildi.

45 yoshli italiyalik bu lavozimda bir yarim oy davomida faoliyat olib bordi. Xitoy terma jamoasi uning qo‘l ostida China Cup—2019 musobaqasining yarim finalida Tailandga (0:1), uchinchi o‘rin uchun kurashda esa O‘zbekiston terma jamoasiga (0:1) mag‘lub bo‘lgandi.

Kannavaro “Guanchjou Evergrand” klubidagi faoliyatini esa davom ettiradigan bo‘ldi.

“Bir necha yildan buyon yashayotgan shu mamlakatga hurmat saqlagan holda Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishimni ma’lum qilaman. Kaminani mamlakatning eng muhim 2 ta jamoasiga murabbiy sifatida tayinlashgani uchun “Guanchjou Evergrand” hamda Xitoy futbol federatsiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Lekin 2 ta joyda ishlashim oilamga sarflashim kerak bo‘lgan vaqtimni olib qo‘ymoqda. Jahon Chempionati—2022 musobaqasiga saralash bosqichida Xitoy terma jamoasiga omad tilayman”, — deb yozadi Kannavaro o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют