» » Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishiga to‘rt milliard dollar so‘radi

Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishiga to‘rt milliard dollar so‘radi


AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Meksika bilan chegarada devor qurilishiga yaqin ikki yilda 4,1 milliard dollar sarflashni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Mazkur loyiha bo‘yicha xarajatlar AQSh Kongressiga topshirilgan 2017- va 2018-fiskal yillarga rejalashtirilgan budjet loyihasida qayd etildi.

Meksika bilan chegaradagi devor qurilishining umumiy narxi to‘rt milliard dollardan ancha yuqori bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Tramp ma’muriyati loyihaning batafsil narxlarini may oyining o‘rtalarida taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq AQSh Milliy xavfsizlik departamenti devor qurish taxminiy hisob-kitoblar bo‘yicha 20 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ga tushishini ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют