» » Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kirish barcha operatorlar uchun bepul bo‘lishi mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kirish barcha operatorlar uchun bepul bo‘lishi mumkin


Operatorlar va provayderlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kirishni 1-iyuldan bepul qilishi mumkin, deb xabar berdi “Gazeta.uz”. Bu Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlangan Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Xabarda aytilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad telekommunikatsiya tarmoqlarining jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni bartaraf etib, davlat elektron xizmatlaridan foydalanish hamda hududlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlarini oshirish hisoblanadi.

Hujjatga ko‘ra, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda sayyohlik obyektlarida, xususan, 2019-yilda Samarqand, Buxoro va Xiva obyektlarida davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida ommaviy Wi-Fi nuqtalarini bosqichma-bosqich tashkil etish vazifasini yukalatish rejalashtirilgan.

Olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari uchun davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratgan operatorlar va provayderlar uchun (mobil operatorlar bundan mustasno) 10 yil davomida quyidagilarga kafolat beriladi:

Hujjatda, shuningdek, operatorlar va provayderlarga qator imtiyoz va preferensiyalar berish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 21:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют