» » 2017-yilda Apple Xitoyda texnik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha bir nechta markaz ochadi

2017-yilda Apple Xitoyda texnik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha bir nechta markaz ochadi


Apple kompaniyasi joriy yilda Xitoyda bir nechta ilmiy-tadqiqot markazlari (ITM)ni ochmoqchi, deb yozadi “TASS”. Ular Pekin, Suchjou, Shanxay va Shenchjenda joylashadi.

Loyihaga Apple taxminan 3,5 milliard yuan (514 million dollar) kiritmoqchi. ITMlarning asosiy vazifasi, Sina yangiliklar portali yozishicha, Xitoyda kompaniya uchun texnik kadrlarni tayyorlashdan iborat bo‘ladi. Ushbu markazlarda Pekin universiteti, Sinxua universiteti, shuningdek, Shanxay transport universiteti bitiruvchilari amaliyot o‘tab, turli o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishi rejalashtirilmoqda.

“Xitoyda ilmiy-tadqiqot markazlari tarmog‘ini kengaytirish orqali biz mahalliy sheriklar va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga umid qilmoqdamiz”, — dedi Apple kompaniyasining apparat ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha katta vitse-prezidenti Den Richchio.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют