» » Avstraliyalik ayol simsiz naushniklar portlashi oqibatida jabr ko‘rdi

Avstraliyalik ayol simsiz naushniklar portlashi oqibatida jabr ko‘rdi


Avstraliya transport xavfsizligi Pekin—Melburn yo‘nalishidagi samolyot bortida sodir bo‘lgan mojaro tufayli aziyat chekkan ayol borasida tushuntirish berdi, deb xabar qiladi TJournal BBC Newsga tayangan holda.

Jabrlanuvchi parvoz paytida uxlab qolgani va portlash ovozidan uyg‘onib ketib qulog‘idagi naushnik qizib ketganini sezib qolgani va ularni darhol polga uloqtirganini tegishli xizmat vakillariga so‘zlab berdi. Voqeadan xabar topgan styuardessa yugurib kelib hamon yonishni davom etayotgan qurilmaning ustiga suv quygan.

Aviaxizmat xavfsizligi hodimlari qurilmaning portlashiga litiy-ionli akkumulyator sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. Batareya hamda naushnik modellari oshkor qilinmadi.

Agar qurilma shikastlangan bo‘lgan bo‘lsa, hammasi tushunarli… Lekin batareya qalbaki va unga zarar yetmagan bo‘lsa biz ishlab chiqaruvchi kompaniyaga murojaat qilamiz va hammasiga oydinlik kiritamiz.

Piter Gibson, Avstraliya transport xavfsizligi xizmati kommunikatsiya bo‘limi boshlig‘i

Avvalroq, litiy-ionli akkumulyatorlardagi nosozliklar sabab Samsung kompaniyasi barcha Note7 smartfonlarini qaytarib olgandi. Bunga qadar ko‘plab aviakompaniyalar nafaqat samolyot bortida, balki yuk xaltalarida ham koreys qurilmalarini olib yurishni taqiqlagan edi. Keyinroq bu kabi taqiqlar olib tashlangan.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют