» » O‘zbekistonda yil oxiriga borib ilk pullik avtomobil yo‘li qurilishi boshlanadi

O‘zbekistonda yil oxiriga borib ilk pullik avtomobil yo‘li qurilishi boshlanadi


O‘zbekistonda 2019-yil yakunida mamlakatdagi ilk pullik avtomobil yo‘l qurilishini boshlash rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Toshkent va Samarqand shaharlarini bog‘lovchi ushbu yo‘l 2021-yil oxirida foydalanishga topshiriladi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent — Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi Turkiya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi.

Yo‘l Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hududidan o‘tadi. Loyiha qiymati hozirda aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent—Andijon pullik yo‘li qurilishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют