» » Arnold Shvarsenegger nikohsiz tug‘ilgan farzandining bitiruv kechasiga tashrif buyurdi (foto)

Arnold Shvarsenegger nikohsiz tug‘ilgan farzandining bitiruv kechasiga tashrif buyurdi (foto)


Amerikalik taniqli aktyor, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger o‘zining Instagram’dagi sahifasiga Pepperdayn universitetini tamomlagan o‘g‘li bilan tushgan suratini joylashtirdi, deb xabar berdi Forum Daily.

“Tabriklayman, Jozef! Pepperdayn universitetida to‘rt yil davomida biznes sohasini mashaqqat bilan o‘rganding, bugun sening kuning! Bugungi bayram seniki, men sen bilan faxrlanaman. Seni yaxshi ko‘raman!”, — deb yozadi aktyor.

Jozefning o‘zi ham bitiruv kechasida tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib, ushbu kun naqadar muhim ekanligini yozib qoldirgan:

“Suratdagi mazkur universitet va odamlar sababli men hayotimning eng yorqin yillarini shu yerda o‘tkazdim. Bu kabi nufuzli universitetning bitiruvchisi ekanligimdan faxrlanaman. Endilikda oldimda turgan ulkan yo‘lni o‘z bilimim bilan boshlayman. Ko‘ramiz, bu meni qayerga eltarkan!”.

Eslatib o‘tamiz, Jozef Arnold Shvarsenegger va uning uyidagi oqsoch xizmatkoridan nikohsiz tug‘ilgan farzand hisoblanadi. Bu haqda 2011-yilda ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют