» » Zelenskiy Ramzan Qodirovning yig‘layotgani aks etgan video uchun barcha musulmonlardan uzr so‘radi

Zelenskiy Ramzan Qodirovning yig‘layotgani aks etgan video uchun barcha musulmonlardan uzr so‘radi


Ukrainada o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari g‘olibi Vladimir Zelenskiy jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusi vaqtida “ChistoNews” nomli ko‘rsatuvida Checheniston rahbari Ramzon Qodirov namozdan keyin yig‘layotgani tasvirlangan lavhalarni ishlatilgani uchun musulmonladan uzr so‘radi. Bu haqda TengriNews xabar berdi.

“ChistoNews” dasturimizda shunaqa videorolik bo‘lgan ekan. Biroq dasturni o‘zim obormaganim uchun bundan bexabar edim. Bu ish bilan boshqa muharrirlar guruhi shug‘ullangan. Gap umuman Qodirov haqida emas. U yerda bu bilan bog‘liq bo‘lmagan qandaydir video bo‘lgan. Bu videoga Ramzon Qodirov yig‘layotgan lavhalar tushib qolgan”, — deydi Zelenskiy.

Zelenskiyning so‘zlariga qaraganda, unga qo‘ng‘iroq qilishib, bu boradagi fikrini so‘rashgan. “U yerda bunday vaziyat – musulmon dunyosi. Mana meni nima to‘xtatdi. Men gap nimadaligini bilmasligim, bu voqeani qayta ko‘rib chiqishimni aytdim”, — deb ta’kidlab o‘tgan Zelenskiy. Siyosatchining aytishicha, din bu — “og‘riqli mavzudir”.

“Diniy masalada ranjitish bu xunuk ish. Butun musulmon dunyosi oldida yigitlarimiz uchun uzr so‘ramoqchiman”, — dedi Zelenskiy.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют