» » O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi avia qatnovlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi avia qatnovlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi


Bugun, 1-may sanasidan boshlab O‘zbekiston va Fransiya hukumati o‘rtasida 2016-yil 20-iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan Avia qatnovlar tog‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Bitim ikki davlatning belgilangan avia tashkilotlari o‘rtasidagi xalqaro havo qatnovlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish masalalarini tartibga soladi.

Hujjat qoidalariga ko‘ra, har bir tomonning belgilangan avia tashkilotlari ikkinchi davlat hududida kelishilgan punktlarda qo‘nishni amalga oshirish va ularning hududlaridan qo‘nmasdan uchib o‘tish uchun tegishli huquqlardan foydalanadi.

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida bitimda avia tashkilotlarga doimiy qatnovlarni amalga oshirishni ta’minlovchi va bojxona yig‘imlari, soliq va boshqa to‘lovlardan ozod etuvchi imtiyozlar o‘zarolik asosida taqdim qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari bitimda aviatsiya sohasidagi xavfsizlik va ikki mamlakat aviatsiya tashkilotlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bahslarni hal etish me’yorlari hamda o‘zaro hamkorlik qilishning boshqa shartlari belgilab qo‘yilgan.

Mazkur bitim ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ijobiy turtki beradi, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochadi va o‘zaro manfaatli aviatashuvlar bozorini shakllantirishga ko‘maklashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют