» » Milliarder Richard Brenson o‘zining yangi markazi ochilishida halok bo‘lishiga bir baxya qoldi (video)

Milliarder Richard Brenson o‘zining yangi markazi ochilishida halok bo‘lishiga bir baxya qoldi (video)


Virgin Group asoschisi va milliarder Richard Brenson o‘zining kompaniyasiga tegishli Virgin Miami Central markazini ochilish vaqtida bir o‘limdan qoldi. Brensonning aytishicha, bu o‘z hayoti qil ustida qolgan 77-hodisa ekan, deb xabar beradi Forum Daily.

Markazning tantanali ochilish marosimida reklama banneri o‘rnatilgan po‘lat to‘sin qulab tushgan. U Brensonning boshidan bir necha santimetr naridan uchib ketgan.

Noxush hodisa oqibatida hech kimga zarar yetmagan. Bannerning qulashi tushirilgan videoni tadbirkor o‘zining Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi.

Had a close call with a falling banner and a metal bar at the @VirginMiaCntrl unveiling… https://t.co/bPMHZ3rJZV pic.twitter.com/SQGJExTKPJ

— Richard Branson (@richardbranson) April 23, 2019

Kompaniyaning saytida ma’lum qilinishicha, ushbu hodisa milliarder hayoti qil ustida qolgan 77-hodisa hisoblanadi. Bundan oldingi holat 2017-yilda AQSh qirg‘oqlariga yopirilgan “Irma” to‘foni vaqtida sodir bo‘lgan.

Biznesmen, filantrop va dunyoning eng boy insonlaridan biri bo‘lmish Richard Brenson o‘z ichiga 400 ga yaqin turli yo‘nalishlarni qamrab olgan Virgin Group korporatsiyasiga asos solgan. Uning Virgin Galactic  kompaniyasi koinotga oddiy insonlarni turistik maqsadlarni olib chiqishni rejalashtirayotgan Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi bilan bahslashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют