» » Yaponiya fuqarolik mudofaasining KXDR raketa hujumi ehtimoliga qarshi ilk o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Yaponiya fuqarolik mudofaasining KXDR raketa hujumi ehtimoliga qarshi ilk o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi


Yaponiya tarixida ilk bor fuqarolik mudofaasining KXDR tomonidan raketa hujumi ehtimoliga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi, deb yozadi “TASS”.

Mashg‘ulotlar 17-mart, juma kuni mamlakat bosh oroli Xonsyu shimolidagi Akita prefekturasida o‘tkazildi. Mahalliy ma’muriyat rasmiy xabarida ma’lum qilinishicha, o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi vaqt taqchilligi sharoitlarida aholi evakuatsiyasini ishlab chiqishdir.

O‘quv mashg‘ulotlari ssenariysiga ko‘ra, Yaponiya qurolli kuchlari shartli dushman ballistik raketasining Akita prefekturasidagi Oga burni yo‘nalishida parvozini qayd etdi. Bu haqdagi xabar hukumat aloqasi tezkor tizimi orqali yetkazildi va prefektura hukumati ko‘proq xavf ostida bo‘lgan hudud aholisini tezkor evakuatsiya qildi.

Mashg‘ulotlar davomida evakuatsiya haqidagi xabarlar ovoz kuchaytirgichlar orqali uzatildi, shuningdek, mahalliy aholi smartfonlariga yuborildi. O‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilari tezda o‘z uylarini tark etib, ma’muriy bino va maktablar yerto‘lasiga yashirindi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют