» » Maduro davlat to‘ntarishi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini ma’lum qildi

Maduro davlat to‘ntarishi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini ma’lum qildi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro muxolifat kuchlari ustidan g‘alabaga erishganini ma’lum qildi. Bu haqda prezident o‘zining Twitter’dagi akkauntida yozib qoldirdi.

Bolivarian Respublikasi rahbari “Venesuelani zo‘ravonlikka to‘ldirmoqchi bo‘lgan kichik guruhni yakson etish” jarayonini boshqargan mamlakatning harbiy rahbariyatini tabrikladi. Shuningdek, u 30-aprel kuni muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo tomonidan davlat to‘ntarishini amalga oshirish harakatlari bo‘yicha tergov o‘tkazishga buyruq berdi.

“Bu jazosiz qolmaydi. Bosh prokuror bilan gaplashdim va u ushbu hodisaga aloqador barchani tergov qilish uchun uch nafar prokuror ajratilganini aytdi. Ularning vazifasi tergov o‘tkazish va jinoyat ishini ochishdan iborat”, — deya ta’kidlaydi Maduro.

Maduroning so‘zlariga qaraganda, to‘ntarishga urinish vaqtida besh nafar harbiy xizmatchi yaralangan, hozirda ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.

Eslatib o‘tamiz, 30-aprel kuni Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo videomurojaat yo‘llab, harbiylarni bosh ko‘tarishga va prezident Nikolas Maduroni ag‘darishga chaqirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют