» » Ogayolik erkak turli shtatlardan bo‘lgan to‘rt ayolga uylanib, ularni 20 ming dollarga chuv tushirdi

Ogayolik erkak turli shtatlardan bo‘lgan to‘rt ayolga uylanib, ularni 20 ming dollarga chuv tushirdi


AQShning Ogayo shtatida istiqomat qiluvchi 43 yoshli erkak turli shtatlardan to‘rt nafar ayolga uylanib, ularni 20 ming dollarga chuv tushirishga urindi. “Ishbilarmon xotinboz”ga 12 oy shartli qamoq jazosi tayinlandi, deb xabar beradi Forum Daily.

23-aprel kuni 43 yoshli Maykl Middlton ko‘pxotinlik va firibgarlik bo‘yicha o‘z aybini tan oldi. Sud qaroriga ko‘ra, Maykl keyingi 5 yil davomida hech qanday yangi muammolarni keltirib chiqarmasa, qamoqqa tushmaydi.

Middlton 2006-yilda Jorjiya shtatida Ketrin Leshliga, 2011-yilda Alabama shtatida Kassandra Shipliga va 2013-yili Nyu-Gempshirda Elis Grantga uylangan. Ushbu faktlar orqali Maykl Nyu-Gempshirda ko‘pxotinlik bo‘yicha ayblandi, biroq keyinroq Kentukkida uning to‘rtinchi xotini — Eshli Klaymer ham borligi ma’lum bo‘ldi. 25 yoshli Eshli tug‘ma nogiron bo‘lib chiqqan.

Ayblovchilarning so‘zlariga qaraganda, Maykl o‘z xotinlaridan firibgarlik maqsadida foydalangan. Nyu-Gempshirdagi xotini Elisni aldab, uning 20 ming dollarini qo‘lga kiritgan.

12 oyli shartli jazo doirasida Middlton zo‘ravonlik va toksikomaniya bo‘yicha ekspertizadan o‘tadi, shuningdek, taklif etilgan barcha dasturlarda qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют