» » “O‘zbekenergo” AJ “O‘zsanoatqurilishbank”ga 10 mln dollar to‘lashga majbur bo‘ldi

“O‘zbekenergo” AJ “O‘zsanoatqurilishbank”ga 10 mln dollar to‘lashga majbur bo‘ldi


Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, “O‘zbeknergo” AJ sud aralashuvi bilan “O‘zsanoatqurilishbank”ga 10 million dollar to‘lab bergan.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 14-dekabrdagi 4-1001-18-14/2519-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “O‘zbekenergo” AJdan undiruvchi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” foydasiga jami 10 205 519 AQSh dollari undirish to‘g‘risidagi 2019-yil 17-yanvarda kelib tushgan 1327/23-sonli ijro hujjati mavjud, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan 2019-yilning 17-yanvar kuni ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

Qarzdor tashkilotga mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun ixtiyoriy 10 kunlik muddat berilgan, biroq qarzdor tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan.

Natijada majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “O‘zbekenergo” AJning qarzdorning so‘mdagi pul mablag‘lariga qaratish haqida 2019-yilning 6-fevralida qaror qabul qilinib ijro qilishlik uchun tegishli bank filialiga yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 26-aprel kuni qarzdor “O‘zbekenergo” AJ dan jami 10 088 909 54 AQSh dollari (85 251 965 500 milliard so‘m) undirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют