» » Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi imperatoriga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi imperatoriga tabrik yo‘lladi


Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning bir yuz yigirma oltinchi imperatori sifatida taxtga o‘tirgani munosabati Naruxitoga samimiy qutlovlar va eng ezgu tilaklar bitilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari o‘z maktubida Naruxitoning “Reyva” deb nom olgan hukmronlik davrida Yaponiya barqaror va uyg‘un rivojlanishiga, mamlakatning jahondagi yetakchi o‘rni yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

“Umid qilamanki, Sizning ko‘magingiz bilan O‘zbekiston — Yaponiya strategik sherikligini mustahkamlash va kengaytirish borasidagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan birgalikdagi sa’y-harakatlar davom ettiriladi”, — deb ta’kidlagan Prezident o‘z qutlovida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют