» » Samsung O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan televizorlarni taqdim qiladi

Samsung O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan televizorlarni taqdim qiladi


Koreys texnologiyasi bo‘yicha yuqori sifat standartlariga mos tarzda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Samsung televizorlari yurtimizdagi elektronika do‘konlarida rasman sotuvga chiqarildi.

Bundan buyon vatandoshlarimiz rasmiy sotuvdagi Samsung televizorlarini chakana savdo tarmoqlari orqali, jumladan, Credit Asia va Mediapark kabi savdo markazlaridan xarid qilishlari mumkin bo‘ldi.

Bunday xaridning afzalligi nimada?

Birinchidan, foyda va qulaylikni alohida qayd etish lozim. Do‘kondan mamlakatimizda tayyorlangan Samsung televizorlarini istalgan to‘lov usullari orqali sotib olish imkoniyati mavjud.

Ikkinchidan, Samsung televizorlarini kredit asosida ham xarid qilish mumkin. Bunda kredit uchun mablag‘ ajratish va uni rasmiylashtirish uchun kutilganidan kam vaqt sarflanadi.

Uchinchidan esa xaridor sifatida siz ishonchli mahsulotga ega bo‘lasiz. Samsung televizorlari xalqaro sifat standartlariga muvofiq ravishda ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, kompaniya mazkur mahsulot uchun yuqori darajadagi kafolat xizmatini ham taqdim qiladi.

Mahsulot haqida 

Rasmiy mahsulotlar qatorida 49, 40 va 32 dyuymli ekranlar bilan tayyorlangan modellar taqdim qilingan bo‘lib, ular hashamdor dizayn va aniq konturlar bilan ajralib turadi, bu esa o‘z navbatida mazkur televizorlardan istalgan interyerda foydalanish imkoniyatini beradi. Televizorlar chaqmoq urishi, elektr quvvati tarmog‘idagi uzilishlar va faylli viruslarga qarshi kuchli himoya tizimiga ega.

Samsung displeylari eng mayda detallar va yorqin ranglarni aks ettira olishi, shu bilan birga, dinamik sahnalarni ham aniq uzatishi bilan farqlanib turadi. Shovqinlarni bartaraf qilishning innovatsion texnologiyasi va Samsung televizorlaridagi ilg‘or rang uzatish tizimi tasvir tiniqligini shu qadar kuchaytiradiki, tomosha chog‘ida o‘zingizni ekranda yuz berayotgan voqealarning ishtirokchisiday his qilasiz go‘yo.

Amerikaning IHS kompaniyasi taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2006-yildan boshlab Samsung kompaniyasi jahon televizor bozorida birinchi raqamli brend nomini har yili qo‘lga kiritib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida jami 427 million dona televizor sotuvga chiqarilgan. Samsung kompaniyasi uzoq yillardan beri yangidan-yangi texnologiyalarni ishlab chiqqan holda iste’molchilarning talablarini oldindan tushunish va jarayondan bir qadam oldinda yurishga intilib keladi.

Samsung o‘tgan yillar mobaynida texnologiya sohasidagi yangiliklar va zamonaviy televizorlarga foydali innovatsiyalarni tatbiq qilgani uchun bir qator nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan. Xususan, kompaniya jismoniy imkoniyati cheklangan odamlarga qulaylik yaratish maqsadida 2015-yildagi televizor modellariga turli foydali funksiyalarni joriy etgani uchun Britaniya Qirolligi ko‘zi ojizlar milliy instituti (RNIB) – “Teng imkoniyatlar jamiyati”ning mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Bundan tashqari, Samsung Smart TV aqlli televizorlarida qo‘llangan yangiliklar, jumladan, ilg‘or dizayn va muhandislik ishlanmalari uchun kompaniya xalqaro CES 2016 ko‘rgazmasining Best of Innovation mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Samsung Electronics kompaniyasi haqida

Samsung Electronics Co., Ltd. ilg‘or g‘oyalar va innovatsion texnologiyalarni hayotga tatbiq etib, butun dunyo bo‘ylab odamlarni ilhomlantiradi hamda iste’mol bozorining kelajagini shakllantiradi.

Biz televizor, smartfon, taqiladigan qurilmalar, planshet, kamera, maishiy texnika, printer, tibbiyot qurilmalari, tarmoqli uskunalar va yarimo‘tkazgichlar to‘g‘risidagi odatiy tasavvurlarni o‘zgartiramiz. Shuningdek, kompaniya SmartThings deb ataladigan ochiq platforma, har xil turdagi aqlli qurilmalar va sohalararo jadal hamkorlikni rivojlantirish orqali buyumlar interneti nomli innovatsion sanoatda ham yetakchilardan biri hisoblanadi. Samsung jahonning 84 mamlakatida 319 000 ortiq insonni ish bilan ta’minlagan. Kompaniya to‘g‘risidagi so‘nggi xabarlarni quyidagi saytlarda o‘qishingiz mumkin: www.samsung.kz va news.samsung.com.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (17-03-2017, 10:13)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют