» » YeTTB prezidenti O‘zbekiston bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aytib o‘tdi

YeTTB prezidenti O‘zbekiston bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aytib o‘tdi


16-mart kuni Toshkentdagi xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekiston bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari kichik va o‘rta biznes, kommunal xizmatlar sohasi va energiya olishning ekologik usullarini rivojlantirishdan iborat bo‘lishini aytdi.

Chakrabarti Bank O‘zbekiston iqtisodiy va siyosiy hayotining birinchi navbatda, respublikaning o‘zi uchun birlamchi bo‘lgan sohalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

16-mart kuni YeTTB delagatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan edi. Shuningdek, tashrif chog‘ida Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va davlat hokimiyatining boshqa organlari vakolatxonalarida uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston YeTTBga 1992-yil 30-aprelda a’zo bo‘lgan, unga Bankning jami qiymati 44,12 million yevrodan iborat 4200 ta aksiyasi tegishli. O‘zbekistondagi faoliyati boshidan buyon Bank tomonidan iqtisodiyotning turli sohalaridagi 54 ta loyihaning moliyalashtirilishi tasdiqlangan.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют