» » Saudiya vaziri: OPEK mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish haqidagi bitimni uzaytirish istagida

Saudiya vaziri: OPEK mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish haqidagi bitimni uzaytirish istagida


OPEK tarkibidagi davlatlar may oyida neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha bitimni uzaytirish istagida. Bu haqda Saudiya Arabistoni energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Holid bin Abdulaziz al-Faleh The Wall Street Journal gazetasi jurnalistlariga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Boshqarma rahbari ko‘rsatilgan kelishuv natijalarini ijobiy baholashini ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga qaraganda, OPEK mamlakatlari orasida bitimni uzaytirishga qat’iy tayyor bo‘lganlari bor.

“OPEK tarkibidagi va undan tashqaridagi hamkasblarim bilan suhbatlar biz ko‘rib turgan yaxshi natijalar yanada yaxshilanishiga ishonch hosil qilish uchun asos bo‘lmoqda”, — deya ta’kidlaydi al-Faleh.

OPEKning navbatdagi uchrashuvi 2017-yilning 25-mayida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Unda kelishuvni yana olti oyga uzaytirish masalasi muhokama etilishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют