» » Toshkent shahridagi 117 favvoraning nechtasi ishlamasligi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahridagi 117 favvoraning nechtasi ishlamasligi ma’lum bo‘ldi


“Toshkent favvorasi” DUK rahbari Azamat Axunjonov Toshkentdagi favvoralar haqida ma’lumot berdi, deya yozadi O‘zA.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatri oldidagi “San’at” favvorasi 1947-yilda, Yakkasaroy tumani Sharof Rashidov ko‘chasidagi “Moviy gumbaz” favvorasi esa 1970-yilda qurilgan. Mustaqillik yillarida ham Toshkentda ko‘plab favvoralar foydalanishga topshirildi. Ularni nazorat qilish uchun 2010-yilda Toshkent shahar hokimining qarori bilan “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan.

“Bugungi kunda poytaxtimizda 117 ta favvora mavjud, – deydi “Toshkent favvorasi” DUK rahbari Azamat Axunjonov. – Korxona o‘z balansidagi favvoralarning mavjudlarini ta’minlash, yangilarini ishga tushirish va ularni nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Ayni paytda Toshkent shahar hokimligi tasarrufida 43 ta favvora bor. Ulardan 37 tasi ishlab turibdi, qolgani ta’mirlanmoqda. Toshkent shahar hokimligi poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini rekonstruksiya va moderinizatsiya qilish borasida katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. O‘tgan yili Mustaqillik maydonidagi favvora qayta ta’mirlandi, ‘Xalqlar do‘stligi’, ‘She’riyat bog‘i’ kabi yangi favvoralar foydalanishga topshirildi. ‘Bog‘chasaroy’, ‘Bolajon’, ‘Binafsha’, ‘Sayilgoh’, ‘Turkiston’, ‘Abdulla Qodiriy’, ‘Navro‘z’, ‘Xotira’, ‘Koinot’ va boshqa favvoralar atrofiga energiya tejovchi qurilmalar, zamonaviy yoritgichlar o‘rnatildi”.

2019-yil 16-yanvar Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi favvoralar holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi balansidagi favvoralarni kapital ta’mirlash, obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish belgilandi. Shuningdek, favvoralar atrofidagi hududlarga shartnoma asosida tijorat va ko‘ngil ochish obyektlarini joylashtirish, bunda davlat-xususiy sheriklik tamoyili bilan tadbirkorlik subyektlariga beg‘araz uch yildan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga topshirilishga rozilik berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют