» » Yevroittifoq Facebook, Google va Twitter’ni iste’molchilar huquqlarini buzishda aybladi

Yevroittifoq Facebook, Google va Twitter’ni iste’molchilar huquqlarini buzishda aybladi


Yevroittifoq hukumati Facebook, Google va Twitter kompaniyalaridan bir oy ichida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning iste’molchilar huquqlarini buzadigan shartlarini o‘zgartirishni talab qildi va bunga rioya qilinmagan taqdirda, jarimaga tortish bilan tahdid qildi, deb yozadi “TASS”.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabrida kompaniyalarga xat jo‘natilib, unda ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha ba’zi shartlari Yevroittifoqning iste’molchilar huquqlari himoyasi to‘g‘risidagi qonunini buzishini aytgan edi. Bundan tashqari, xatda ijtimoiy tarmoqlar o‘z saytlaridagi firibgarliklarga qarshi kurashga ko‘proq kuch sarflashi kerakligi ta’kidlangan.

Bunga javoban, kompaniyalar rahbariyati a’zolari muammoni hal etish yo‘llarini taklif qildi va ularni 16-mart, payshanba kuni Yevropa hukumati bilan muhokama qildi. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Facebook, Google va Twitter bir oy ichida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha choralarni uzil-kesil shakllantirishi kerak.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют