» » Baxtiyor Abdusamatov o‘zining qo‘lga olinishi DXXning sobiq rahbarlari tomonidan uyushtirilganini taxmin qildi

Baxtiyor Abdusamatov o‘zining qo‘lga olinishi DXXning sobiq rahbarlari tomonidan uyushtirilganini taxmin qildi


Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanayotgan Yunusobod tumanining sobiq hokimi v.b. Baxtiyor Abdusamatov uning qo‘lga olinishi O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbarlari tomonidan uyushtirilganini taxmin qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

1-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudya Zafar Nurmatov raisligida Baxtiyor Abdusamatov, vaqtincha ishsiz O‘lmas Muxamedsaidov hamda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining “Milliy PR-markazi” sobiq bosh direktori Shohruh Malikov ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab Baxtiyor Abdusamatov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 210-moddasida (pora olish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi. Biroq Toshkent prokurori yordamchisi Sardor Ahmedov pora olish to‘g‘risidagi ayblovni bekor qilish to‘g‘risida da’vo kiritdi.

Sudlanuvchining advokati Timur Rahmatullaev o‘z oqlov nutqida Yunusobod tumanining sobiq hokimi v. b.ning oqlanishini so‘rab, tergov organlarining qo‘lga olishdagi qonunbuzarliklari, guvohlarning adolatsiz so‘roq qilingani va ayblovchi tomondan dalillar mavjud emasligini ta’kidladi.

Baxtiyor Abdusamatovning fikricha, uning qo‘lga olinishi va jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ortida DXXning sobiq rahbarlari turibdi.

“Bir narsani aytishni xohlayman. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan boshlab sakkiz oy davom etgan turli harakatlar, ayniqsa tergov harakatlarigacha, — bularning barchasi ‘korruptsion sensatsiya’ uchun qasddan Davlat xavfsizlik xizmatining ayrim sobiq rahbarlari tomonidan amalga oshirildi. Bu mening taxminim”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarida hokimning pora olayotganda qo‘lga olingani to‘g‘risidagi xabarlar ushbu taxminning asosiy dalilidir.

“Kimdir yolg‘ondan shon-shuhratga ega bo‘lishni xohladi va bu ishni… Davlat xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari [Jahongir] Egamov, boshqarmalarning sobiq rahbarlari amalga oshirdi”, — dedi Baxtiyor Abdusamatov.

«“Yana bir qiziq narsa bor: qanday qilib deputatni o‘tqazishib, uning oilasiga telefon qilib, ularni pul to‘lashga majburlashdi va buni poraga aylantirishdi — haligacha tushuna olmayman. Biroq prokurorga minnatdorchilik bildirishni istardim, u 210-moddani (pora olish)to‘xtatish to‘g‘risida da’vo kiritdi”, — dedi u.

Navbatdagi sud majlisi 6-may kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют