» » Britaniyalik 8 yoshli bolakay bionik qo‘lga ega dunyodagi eng yosh insonga aylandi (video)

Britaniyalik 8 yoshli bolakay bionik qo‘lga ega dunyodagi eng yosh insonga aylandi (video)


Sakkiz yoshli Freddi Kuk bionik qo‘lga ega bo‘lgan dunyodagi eng yosh insonga aylandi. U o‘ng qo‘lsiz tug‘ilgan bo‘lib, shifokorlar bolakay 20 yoshigacha protezdan foydalana olmasligini ma’lum qilgan. Biroq Open Bionics kompaniyasi Freddining tug‘ilgan kuniga Hero nomli bionik qo‘lini sovg‘a qildi, deb xabar beradi TJournal.

Open Bionics qurilmalarining odatdagi protezlardan farqi uning barmoqlarini to‘laqonli harakatlanadi. Masalan, Hero’ning egasi barmoqlarini qisishi, “besh tashlashi” va oddiy odamlar bajaradigan boshqa ko‘plab harakatlarni amalga oshira oladi.

Open Bionics Hero 3D-printerda chop etilgan va klinik sinovdan o‘tgan dunyodagi ilk bionik qo‘l hisoblanadi. Janubiy Angliya startapining ta’kidlashicha, mazkur texnologiya 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda birinchi bor qo‘llanilishi.

“Biz nogironligi bo‘lgan bolalar o‘zlarining nuqsoniga superkuch sifatida qarashlarini xohlaymiz”, — deydi Open Bionics asoschilaridan biri Samanta Peyn.

Bir dona Open Bionics protezining narxi 13 dollardan boshlanadi, uning raqiblarida esa shu turdagi protezlar 130 ming dollar turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют