» » Tatyana Karimova: O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillarida fuqarolar urushi yoqasida turgan edi

Tatyana Karimova: O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillarida fuqarolar urushi yoqasida turgan edi


O‘zbekiston suvereniteti va mustaqilligini saqlash hamda mustahkamlash Prezident Islom Karimovning hamisha yuksak maslagi sanalgan va siyosatining asosiy tamoyiliga aylangan. Bu haqda Tatyana Karimova 29—30-aprel kunlari Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan anjumandagi nutqida aytib o‘tdi.

“O‘zbekistonning yangi tarixi, jumladan, mamlakatning mustaqillikka erishishi Islom Karimovning hayoti, faoliyati hamda merosi bilan chambarchas bog‘liqdir. Uning yuksak davlatchilik tafakkuri, kelajak qadamlarni oldindan hisoblab chiqish salohiyati O‘zbekistonda ham, xorijda ham munosib e’tirof etilgan”, — deb qayd etgan Birinchi Prezidentning rafiqasi.

“Islom Karimov juda murakkab va o‘ta ziddiyatli davrda davlat tepasiga keldi. O‘sha vaqtda respublika fuqarolar urushi, millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi to‘qnashuv yoqasida turgan edi. Ta’bir joiz bo‘lsa, o‘lka alanga ichida qolgan, ayrim joylarda qon ham to‘kilgan edi. O‘zbekiston uchun mamlakatni yuzaga kelgan boshboshdoqlikdan olib chiqib keta oladigan yetakchi juda ham zarur edi. Ana shu pallada Islom Karimov zalvorli mas’uliyatni jasorat ila o‘z zimmasiga oldi”, — deya fikrlarini davom ettirgan Tatyana Karimova.

Shuningdek, Karimov rahbarligida o‘zbek xalqining milliy g‘ururi va xalqning qadr-qimmati, tarixi, madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlari tiklanganini qayd etgan.

“Karimov ma’rifiy o‘qishlari: Islom Karimov — mustaqil davlat asoschisi” deb nomlangan respublika ilmiy anjumani Birinchi Prezident nomidagi yodgorlik majmuasi va Karimov Fondi tomonidan, Samarqand viloyat hokimligi hamda Samarqand davlat universiteti ko‘magida tashkil etilgan. Anjumanda tarixchilar, siyosatshunoslar, jurnalistlar hamda ilmiy doira vakillari ishtirok etgan.

Anjumanning yakuniy majlisida qabul qilingan tavsiyalarga ko‘ra, anjuman kun tartibiga kiritilgan eng yaxshi maqolalar Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasi byulletenida nashr etib borilishi belgilandi.

Shuningdek, Karimov ma’rifiy o‘qishlari bundan buyon an’ana tarzda har yili bahorda Islom Karimovning tug‘ilgan shahar — Samarqandda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют