» » Olimlar AQSh ixtiyorida qancha yadroviy qurol borligini hisobladi

Olimlar AQSh ixtiyorida qancha yadroviy qurol borligini hisobladi


AQSh qurolli kuchlari ixtiyorida strategik tashuvchilarga o‘rnatib bo‘lingan 1740 ta hamda zaxirada saqlanayotgan va hozirda omborda bo‘lgan 2050 ta yadro kallaklari bor. Bu haqda amerikalik olimlarning The Bulletin of the Atomic Scientist ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqotida bayon qilingan, deb xabar berdi “RBK”.

Tadqiqotchilarning baholashlaricha, 1300 yadro kallaklari Minuteman III qit’alararo ballistik raketalariga va Trident II D5 suv osti kemalarining ballistik raketalariga, AQSh aviabazalarida saqlanayotgan strategik bombardimonchi samolyotlari 300 yadro bombasi bilan jihozlangan. Yana 150 ta yadro kallagi esa AQShning Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Italiya va Turkiyadagi bazasida saqlanmoqda.

Bundan tashqari, tadqiqot mualliflarining yozishicha, deyarli 2400 eskirgan yadro kallaklari jangovor navbatchilikdan olinib, 2030-yilga qadar utilizatsiya qilinishi lozim.

Hozirgi kunda yadro qurollarining soni AQSh va Rossiya tomonidan imzolangan Strategik hujumkor qurollarni cheklash va qisqartirish borasidagi kelishuvga ko‘ra tartibga solinadi. Unga ko‘ra, qurollarning umumiy hisobi qit’alararo ballistik raketalar hamda suvosti ballistik raketa tashuvchilari va og‘ir bombardimonchi samolyotlar uchun 700 tadan oshib ketmasligi kerak.

Shuningdek, Moskva va Vashington 1500 tadan ortiq bo‘lmagan yadro kallagi, 800 tadan ko‘p bo‘lmagan faol va nofaol raketalarga ega bo‘lishi mumkin.

Donald Tramp 26-aprel kuni yadro qurolidan voz kechmoqchi ekanligini ma’lum qilgan va Rossiya bilan Xitoyni ham shunday qilishga chaqirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют