» » 2019-yilgi Afrika Millatlar Kubogi musobaqasida ham VAR tizimidan foydalaniladi

2019-yilgi Afrika Millatlar Kubogi musobaqasida ham VAR tizimidan foydalaniladi


2019-yilning 21-iyunidan 19-iyul sanasigacha Misrda bo‘lib o‘tadigan Afrika Millatlar Kubogi musobaqasida VAR tizimidan foydalaniladi.

Ushbu texnologiyadan foydalanish musobaqaning dastlabki o‘yinidan emas, balki 1/4 final bosqichidan yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi AP.

JARdagi mashg‘ulotlar bazasi afrikalik hakamlarga VAR bilan ishlashning murakkabligi haqida tushunchalar berilgan. Ayni damda referilar Marokashda trening o‘tkazmoqda. Musobaqa boshlanishidan avval ular Misrdagi yana bir mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etadi.

Musobaqa tarixda 32-bor o‘tkazilmoqda. Misr esa 4-marotaba ushbu musobaqaga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqa tarixida ilk marta unda qit’aning eng yaxshi 24 ta jamoasi ishtirok etadi va terma jamoalar 6 ta guruhga bo‘linadi. Har bir guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar musobaqa chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Bundan tashqari guruhlarda eng yaxshi natija qayd etgan 4 ta 3-o‘rin sohilari ham pley-offda ishtirok etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют