» » “Navbahor” 18 ming muxlis qarshisida ashaddiy raqibi “Neftchi”ni mag‘lub eta olmadi

“Navbahor” 18 ming muxlis qarshisida ashaddiy raqibi “Neftchi”ni mag‘lub eta olmadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 3-turidan o‘rin olgan yana 1 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Namanganning “Navbahor” klubi Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qildi.

PFL rasmiy sayti hisobotida aks etishicha, uchrashuvni tomosha qilish uchun 18 992 nafar futbol muxlisi stadionga tashrif buyurgan. Qayd etish kerak, “Navbahor”ning “Obod”ga qarshi 1-turdagi uchrashuvini tomosha qilish uchun 12 311 nafar ishqiboz kelgan bo‘lib, bu dastlabki turning eng yaxshi natijasi bo‘lgandi. 3-turga kelib esa muxlislar soni yana 6 mingga ko‘paydi.

Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan ochilgan bo‘lsa, 77-daqiqada Nemanya Yovanovich penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.

“Neftchi” bunga qadar “Sho‘rtan”dan mag‘lub bo‘lgan, “Paxtakor” bilan esa golsiz durang o‘ynagandi. “Navbahor” “Obod”ni 2:1 hisobida taslim qilib, keyingi tur “Qizilqum”dan shu hisobda yengilgandi.

Ma’lumot uchun, Oliy liganing 3-turi “Paxtakor”ning Toshkentda Samarqandning “Dinamo” klubi tomonidan mag‘lub etilishi bilan start olgandi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
3-tur
16-mart, payshanba

Gollar: Dmitriy Komarovskiy, 41 ,(0:1). Nemanya Yovanovich, 77-pen (1:1).

Опубликовано: admin (17-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют