» » Xalq deputatlarining Farg‘ona viloyat Quva tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlarining Farg‘ona viloyat Quva tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 15 nafar deputatlari va Senat a’zolaridan iborat ishchi guruh mart oyining dastlabki o‘n kunligida Quva tumanida aholi bilan muloqot o‘tkazib, sohalar bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. 10-mart kuni ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan xalq deputatlari Quva tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sessiyada xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari bilan birga viloyat boshqarmalari va tegishli tashkilotlari, tumandagi tashkilot, korxona va muassasa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Shuningdek, sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov, Spiker o‘rinbosari Hotamjon Ketmonov, Farg‘ona viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhrat G‘aniev, Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senat a’zolari ishtirok etdi.

Sessiyaga xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati No‘monjon O‘rmonov raislik qildi.

Kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senat a’zolari tomonidan 2017 yilning 1—10-mart kunlari Quva tumanida hududni rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga doir o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi masala yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, respublika ishchi guruhi rahbari Mavluda Xo‘jaeva axborot berdi.

O‘rganish va muloqotlar davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning 283 tasi joyida hal etildi. Jumladan, 28 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit olish bilan bog‘liq muammolar tumandagi tijorat banklarini jalb qilgan holda hal etildi. Homiylar ko‘magi bilan 4 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi olib berilishi ta’minlandi. Tegishli muassasa xodimlari ko‘magida 7 nafar bemorlarning nogironlik nafaqasiga chiqishiga amaliy yordam berildi. Toshhovuz va Yangi hayot ko‘chalariga noqonuniy tashlangan 400 tonnadan ortiq maishiy chiqindilar shu ishga mas’ul tashkilotlarni jalb qilgan holda tuman markaziy axlatxonasiga chiqarib tashlandi. 1000 ga yaqin xonadonlarga gaz ballonlar etkazib berishga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, joylarda ko‘tarilgan 741 ta masalani hal etish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, hududlarda aholini o‘ylantirayotgan viloyat va respublika darajasida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar ham belgilab olindi.

Kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют