» » Toshkentdan Issiqko‘lga yoz mavsumida yo‘lovchi poyezdi qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdan Issiqko‘lga yoz mavsumida yo‘lovchi poyezdi qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yozgi mavsumda “Toshkent— Ribachye (Baliqchi)” yo‘lovchi poyezdi qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Kirgiz temir jo‘lu” kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qatnovlar 2019-yilning 6-iyunidan boshlanadi va haftasiga bir marta — payshanba kuni amalga oshiriladi.

Poyezd Toshkent vaqti bilan 20:50 da yo‘lga chiqib, Chimkent, Taroz shaharlari orqali juma kuni soat 19:03 da Bishkekka yetib boradi va 23:19 da Ribachyega keladi.

Ribachyedan esa poyezd 8-iyun kuni soat 04:59 da yo‘lga chiqib, 9-iyun, yakshanba kuni soat 05:00 da Toshkentga qaytib keladi.

Chiptalar narxi (Bishkekdan Toshkentga):

Chiptalar sotuvga chiqarilgan bo‘lib, sotib olish muddati va vagonlar toifasiga qarab 25 foizdan 55 foizgacha chegirmalar mavjud. Guruh bo‘lib chiqqan yo‘lovchilar uchun odamlar sonidan kelib chiqqan holda 30 foizgacha chegirma taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Kirgiz temir jo‘lu” o‘rtasida “Toshkent—Ribachye” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 2018-yilning 22-martidan boshlab poyezd Toshkentdan yozgi mavsum uchun dastlabki qatnovni amalga oshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют