» » Ozbek jurnalistlari Olmaota shahridagi media-turda ishtirok etmoqda

Ozbek jurnalistlari Olmaota shahridagi media-turda ishtirok etmoqda


Joriy yilning 1416-mart kunlari Project Hope loyihasi Qozogiston filiali tomonidan OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish boyicha Global Jamgarmasi (sil kompanenti) komagida Osiyo mamlakatlatlari jurnalistlari uchun media-tur tashkil etildi. Mazkur media-turda Ozbekiston, Qirgiziston, Tojikiston va Qozogiston davlatlarining jurnalistlari ishtirok etmoqda. Bu haqda jurnalist Dilrabo Jumatova Daryoga malum qildi.

Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad migrantlar ortasida sil kasalligini oldini olish, migrantlarda uchraydigan sil kasalligini davolashga komaklashish hamda mazkur mavzuni Osiyo mamlakatlari OAV orqali keng yoritishdan iborat.

Tadbirning birinchi kunida jurnalistlar oz faoliyatlari hamda media-turdan kutilayotgan natijalar haqida qisqacha malumot berib otdi.

Tadbirda Project Hope loyihasi Qozogiston filiali mutaxassislari tomonidan migrantlar ortasida sil kasalligini oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida statistik malumotlar taqdimoti tashkil etildi. Shundan keyin media tur ishtirokchilari Qozogiston Respublikasining sil kasalliklari milliy-ilmiy Markazi hamda Olmaota shahrida joylashgan tumanlararo silga qarshi dispanseri faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tibbiyot muassasalarida malakali mutaxassislar tomonidan sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fitiziator shifokorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlar hamda zamonaviy tibbiy xizmatlar xususida batafsil malumot taqdim etildi. Media-tur davomida jurnalistlar bevosita sil kasalligi bilan ogrigan migrant bemorlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ham ega boldi.

Mazkur media-turda Osiyo mamlakatlari jurnalistlari uchun silga qarshi kurashish mavzusini yoritish yuzasidan zamonaviy va interaktiv dasturlar orin olgan bolib, tadbir yana ikki kun davom etishi rejalashtirilgan.

: admin (17-03-2017, 11:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -