» » Toshkentda jonivorlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan o‘smirlarga nisbatan chora ko‘rildi

Toshkentda jonivorlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan o‘smirlarga nisbatan chora ko‘rildi


O‘zbekiston hayvonlarni himoya qilish jamiyati Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga o‘smir bola kuchukchani kaltaklayotgani tasvirga olingan video taqdim etdi. Uni esa boshqa bir o‘smir telefonda videoga olgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

O‘smirlar kuchukni kaltaklab video olishgach, uni internetda tarqatgan. Kuchukchani qiynagan I.Yo. va A.Yo ismli aka-ukalar, ularning ota-onasi, shuningdek, o‘smirlarning maktabidagi yuqori sinf o‘quvchilari, o‘qituvchilar va maktab psixologi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Aka-ukalar hali ma’muriy javobgarlik yoshi, ya’ni 16 yoshga to‘lmagani sabab, ular profilaktik ro‘yxatga olindi.  Ularning ota-onasi esa ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Do‘stlarini videoga olib, internetda tarqatgan 17 yoshli U.B.ga ham Ma’muriy jinoyat kodeksining 189-1 moddasiga ko‘ra, Toshkent viloyati IIB tomonidan chora ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют