» » Superliga. Lokomotiv oz maydonida Qoqon-1912ni yuta olmadi

Superliga. Lokomotiv oz maydonida Qoqon-1912ni yuta olmadi


2-aprel, payshanba kuni futbol boyicha Ozbekiston Superligasining 7-turida AndreyFyodorov qol ostidagi Toshkentning Lokomotiv klubi oz maydonida Qoqonning Qoqon-1912 jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuv davomida toshkentliklar azolari Temurxoja Abduholiqov (4) va Diyor Turopov (28) urgan gollarga qoqonliklar Oybek Rustamov (30) hamda Shahboz Erkinovning (90, penalti) gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa temiryolchilar oz uyida kechgan bahsda Qoqon-1912 bilan durang oynadi (2:2).

Mazkur oyindan song Lokomotiv ochkolari sonini 16 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-orinni egallab turibdi. Qoqon-1912 hisobida esa 6 ochko mavjud. Klub musobaqa jadvalida 1 pogona yuqoriladi (12).

Superliga

7-tur bahsi

2-may, payshanba

Gollar: 1:0 4 Temurxoja Abduholiqov, 2:0 28 Diyor Turopov, 2:1 30 Oybek Rustamov, 2:2 90, penalti, Shahboz Erkinov

Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskandarov, Sardor Mirzayev, Temurxoja Abduholiqov (Filip Rayevats, 65), Husniddin Gofurov, Islom Toxtaxojayev, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Diyorjon Turopov, Igor Yelich (Yovan Jokich, 77)

Qoqon-1912: Boyan Knejevich, Jamshid Hasanov, Quvondiq Roziyev, Javohir Esonqulov (Behruz Sadullayev, 62), Oybek Rustamov, Suhrob Berdiyev, Iqboljon Malikjonov, Shahboz Erkinov (Timur Usmonov, 90+3), Aleksandr Merzlyakov, Milosh Nikolich (Jasur Hasanov, 22), Marko Milich

Ogohlantirishlar: Diyorjon Turopov (29), Temurxoja Abduholiqov (53), Oleg Zoteyev (60)

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (2-05-2019, 20:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -