» » Samarqandda hokimliklar yopiq tartibdagi maxsus obyektmi?

Samarqandda hokimliklar yopiq tartibdagi maxsus obyektmi?


Pastdarg‘om tuman hokimligining muhtasham binosi kirish darvozasi zamonaviy qulf bilan yopib qo‘yilgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” muxbiri Umid Soriyev xabar bermoqda.

“Tuman hokimi qabulxonasi” degan ko‘rsatkich belgiga ko‘zimiz tushib qoldi. Chor-atrofi qariyb 4-5 metr keladigan panjaralar bo‘ylab, maxsus turniketli xonaga yaqinlashdik. To‘rt-besh ayol hamda yosh go‘daklarning g‘amgin nigohi e’tiborni tortdi.

— Ha, opalar, nima muammolaringiz bor? — dedim atrofga ko‘z tashlab. Javob bo‘lmagach, xonaga kirdim. Ikki nafar ichki ishlar xodimi turniket oldida yo‘limni to‘sdi.

— Hujjatingiz. Nima masalada keldingiz?

— Muxbirman. Tuman xokimligi rasmiylari bilan uchrashishim kerak. Bir-ikki masalalarda savollarim bor.

— Aynan kim? Hokim bo‘lsa, u kishi yo‘q!

— Mana hujjatim. Daftaringizga qayd qiling va meni ichkariga kiriting!

— Hozir, bir mutaxassis oldingizga tushadi.

Hayron qoldim, hatto viloyat hokimligi binosiga ham hujjatingizni ko‘rsatib, bemalol kiraverasiz.

Tashqaridagi ayollarga yuzlandim.

— Opalar, men muxbirman. Balki, sizlarga yordamim tegib qolar.

— Bizning dardimiz og‘ir, — deydi shu tumanning Go‘zalkent mahallasidagi 4-uyda istiqomat qiluvchi Zulxumor Cho‘liyeva va Shahlo Shodiyeva.

— Tuman hokimi yashayotgan uyimizni “avariyniy” deya, bizni ko‘chaga haydayapti. Imkoni borlar chiqib ketdi. 20 ta xo‘jalik yashaydi. “Qayerda yashaylik” desak, “Bilmayman, kvartirada turinglar” deyapti. Biz mana bu go‘daklarimiz bilan zorlanib qayerga boramiz. Kvartiraga pulni qayerdan topamiz. O‘zim kasalman, turmush o‘rtog‘im Xurshid Bozorov mardikorchilik bilan shug‘ullanadi, — deya qo‘shimcha qiladi Zulxumor Cho‘liyeva.

“Fuqarolar qabulxonasi”. Ichkarida Mazmuna Markayeva ismli mutaxassis.

— Siz fuqarolar kirib-chiqishini nazorat qilarkansiz, shundaymi?

— Shunday, bu tartibni hokimimiz joriy qilgan. Biz oddiy ijrochimiz xolos.

Maqola sarlavhasini Pastdarg‘om tuman hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Obid Oblaqulov topib berdi. Unga ko‘ra, hokimlik “rejimniy obyekt” ekan...



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют