» » O‘zbekistonda har bir hududda doimiy ishlovchi mini-texnologiyalar ko‘rgazmalari tashkil etiladi

O‘zbekistonda har bir hududda doimiy ishlovchi mini-texnologiyalar ko‘rgazmalari tashkil etiladi


Shavkat Mirziyoyev raisligida “Har bir oila — tadbirkor” dasturi ijrosini sifatli tashkil etish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Dastur ijrosini joylarda bevosita tashkil etish uchun har bir hududga respublikadan mas’ullar biriktiriladi. Ular viloyat va tumanlarga shaxsan borib, ishlar holatini joyida o‘rganadi. To‘rtta sektor rahbarlari bilan dasturni sifatli amalga oshirish choralarini ko‘radi.

Imtiyozli kreditlarga ehtiyojni aniqlash bo‘yicha uyma-uy yurish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunga iqtisodiy kompleks xodimlari bilan birga Xalq qabulxonalarining joylardagi vakillari, mahalla raislari, xotin-qizlar, Yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmalari vakillari jalb etiladi.

Prezident sarflangan mablag‘ yaxshi samara berishi, oilalarga farovonlik olib kirishi uchun uni maqsadli ajratish zururligini ta’kidladi. Shu bois joylardagi sektorlar rahbarlari murojaat qilgan har bir tadbirkorning ro‘yxati asosida ularga kredit ajratilishi va maqsadli foydalanilishi uchun mas’ul bo‘ladi. Viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari hamda soliq idoralari rahbarlari dastur doirasidagi tovarlarning muddatida va sifatli yetkazib berilishiga ko‘maklashadi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, an’anaviy hunarmandlik yo‘nalishlarini inobatga olish ham muhim. Misol uchun, Rishton tumanida kulolchilik, Marg‘ilonda ipakchilik, Chustda do‘ppi va pichoqchilik, Oltiariqda bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishlari uchun zamin bor. Shu kabi imkoniyatlardan foydalanib, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida tadbirkorlikni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘z biznesini ochish istagi ko‘pchilikda bor. Lekin buning uchun zarur uskunani qayerdan olishni hamma ham bilmaydi. Shu bois yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda har bir hududda doimiy ishlovchi mini-texnologiyalar ko‘rgazmalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlat veterinariya qo‘mitasiga zotli chorva mollarini olib kelib, aholiga yetkazib berish vazifasi topshirildi.

Ommaviy axborot vositalari orqali oilaviy tadbirkorlikni targ‘ib etish, muvaffaqiyatli tadbirkorlar faoliyatini yoritish, sektorlar va mahallalarda seminarlar o‘tkazish lozimligi qayd etildi.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosi va yig‘ilishda berilgan topshiriqlar bo‘yicha mutasaddilar axborot berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют