» » Dubay hukmdori mushuklar bilan shafqatsiz muomalada bo‘lgan erkakka hayvonot bog‘ini tozalashni buyurdi

Dubay hukmdori mushuklar bilan shafqatsiz muomalada bo‘lgan erkakka hayvonot bog‘ini tozalashni buyurdi


BAA vitse-prezidenti va bosh vazir, Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum hayvonlar ishtirokidagi shafqatsiz videolarni olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan fuqaroga uch oy davomida hayvonot bog‘ini tozalashni buyurdi. Bu haqda UEA Inside nashri xabar bermoqda.

Dubay hukmdori mushuklarni itlar qo‘liga topshirib, ular qiynoqqa solinayotgan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan fuqaro ko‘nglida hayvonlarga nisbatan mehr uyg‘otishga qaror qildi va uni hayvonot bog‘ini tozalashga yubordi.

Sudlanuvchi va uning ikki do‘sti keyingi uch oy davomida har kuni to‘rt soatdan hayvonot bog‘ini tozalashi kerak bo‘ladi.

Sudlanuvchining sahifasi bloklab qo‘yildi, shuningdek, unga bir yil davomida Facebook ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish taqiqlandi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют