» » Shimoliy Avstraliyada uch ko‘zli ilon topildi

Shimoliy Avstraliyada uch ko‘zli ilon topildi


Shimoliy Avstraliya bog‘lari va yovvoyi tabiatni saqlash xizmati mahalliy ovchilar tomonidan topilgan uch ko‘zli ilon fotosuratlarini taqdim etdi. Reptiliya tasvirlangan surat tabiatni saqlash xizmatining Facebook’dagi rasmiy sahifasida omma e’tiboriga havola qilingan, bu haqda BBC News xabar qiladi.

Keyinchalik Monti Payton deb nomlangan uch ko‘zli ilon Darvin shahridan 40 kilometr uzoqlikdagi shossedan topilgan. Ekspertlarning fikricha, reptiliyaning yoshi katta emas. Uning uzunligi 40 santimetrga yetadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, embrionologik mutatsiya natijasida shakllangan uchinchi ko‘zi xuddi boshqa ikki ko‘zidek yaxshi ko‘radi.

“Men ilgari uch ko‘zli ilonni ko‘rmaganman, ammo laboratoriyamizda ikki boshli kobra pitoni bor. Lekin bu umuman boshqa, xuddi siam egizaklariga o‘xshagan mutatsiyadir”, — deydi serpentolog Brayn Fray.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют