» » Britaniya politsiyachilari talabalarning guruh chatiga kirib, maslahat so‘radi

Britaniya politsiyachilari talabalarning guruh chatiga kirib, maslahat so‘radi


Kardiff universiteti talabasi Lourens Kort o‘z Twitter’ida guruh chatiga “bostirib kirgan” politsiyachilar bilan noodatiy yozishma haqida gapirib berdi, deb yozadi Mashable.

Yigitning so‘zlariga ko‘ra, uning do‘sti Kemeron nomidan talabalarning kollektiv suhbatiga tartib posbonlari qo‘shilgan. Ular yo‘lda mast yigitni uchratib qolib, uni uyiga olib borib qo‘yishga qaror qilganini aytgan. Ammo telefon egasi shunchalik sarxush bo‘lganidan, o‘z manzilini aniq talaffuz qilib ayta olmagan.

Dastlab chat ishtirokchilari bu voqeaga ishonmagan va uni hazil deb o‘ylagan. Ammo politsiyachilar vaziyat real ekanligini isbotlamoqchi bo‘lib, suhbatga o‘z selfilarini ilova qilgan.

Kort chat skrinshotlarini o‘z Twitter’iga joyladi, shundan so‘ng post mashhur bo‘lib ketdi. Bir necha kun ichida unga 68 mingta layk bosildi va u 21 ming martdan ko‘proq repost qilindi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют