» » Zomin avtovokzali ishga tushdi (foto)

Zomin avtovokzali ishga tushdi (foto)


Jizzax viloyati Zomin tumani markazida yangi avtovokzal ish boshladi, deb xabar beradi OzA. Ozbekiston Transport vazirligi tomonidan 1,7 gektar maydondagi avtoshohbekat inshootlarini barpo etishda 6 milliard 300 million somlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Avtoshohbekatda yolovchilar va avtotransport haydovchilari uchun barcha qulaylik mavjud. Bosh binodagi kutish zali majmuasida birinchi tibbiy yordam, haydovchilar uchun dam olish, ona va bola xonalari, dispetcherlik xizmati, chiptaxona, kafe-bar faoliyat korsatmoqda.

Majmua tarkibida avtobus, mikroavtobus va yonalishsiz taksilar uchun alohida kutish maydonlari barpo etilgan. Avtotransportlarni texnik korikdan otkazuvchi mexanik xizmati yolga qoyilgan.

Hozirgacha tuman markazidan yolovchilarga Zomin Jizzax, Zomin Dashtobod, Zomin Duoba, Zomin Kultepa, Zomin Zarbdor yonalishlarida avtobus va mikroavtobuslar xizmat korsatayotgan edi. Yangi avtoshohbekat ishga tushishi bilan Zomin Toshkent yonalishida avtobus qatnovi yolga qoyildi.

Toshkent Zomin yonalishi boyicha 51 yolovchi sigimli Yutongrusumli zamonaviy 2 ta avtobus qatnovi yolga qoyildi. Yaqin kunda ularning qatoriga uchinchi shunday avtobus qoshiladi. Kelajakda 20 ta Isuzu rusumli avtobus keltirilib, tuman markazini qishloqlar bilan boglovchi yonalishlar soni yana kopaytiriladi, deydi Zomin avtovokzali rahbari Shavkat Imonov.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-05-2019, 07:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -