» » Huawei 2019-yilning birinchi choragiga doir moliyaviy hisobotni e’lon qildi

Huawei 2019-yilning birinchi choragiga doir moliyaviy hisobotni e’lon qildi


2019-yilning I choragida Huawei kompaniyasi 179,7 mlrd yuan miqdorida daromad olib, yillik hisobda 39%lik o‘sishni qayd etdi. Kompaniyaning daromad koeffitsiyenti 8% ko‘rsatkichga teng bo‘ldi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan biroz yuqori natijadir. Huawei o‘zining asosiy kuchini AKT-infratuzilmasi va “aqlli” qurilmalarga yo‘naltirgani hamda faoliyat samaradorligi va sifatini yaxshilashda davom etgani tufayli mana shunday yuqori ko‘rsatkichlarni qayd qildi.

2019-yilda kompaniya butun dunyo bo‘ylab 5G texnologiyasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan, bu esa Huawei Carrier Business Group yo‘nalishi o‘sish va rivojlanish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlarga bo‘lishidan dalolat beradi. 2019-yilning mart oyiga tegishli ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei 5G texnologiyasi bo‘yicha jahonning yirik operatorlari bilan 40 ta tijoriy shartnoma imzolab, 70 mingdan ortiq 5G asosidagi bazaviy stansiyalarni turli mamlakatlarga yetkazib bergan.

Bundan tashqari, 2019-yilning I choragida Enterprise Business Group yo‘nalishi Huawei Inside nomi ostidagi raqamli platforma va yangi strategiyani ishga tushirdi. Kompaniya raqamli platforma, shuningdek, dunyoning istalgan nuqtasidan xizmatlardan foydalanish xizmati (Ubiquitous Connectivity), ma’lumotlarni geografik joyidan qat’iy nazar intellektual ravishda yig‘ish va qayta ishlash texnologiyasi bilan raqamli Xitoyni rivojlantirish va raqamli dunyoning yadrosini kuchaytirish sohasiga poydevor qo‘yishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, Enterprise Business Group yo‘nalishi 5G texnologiyasi bazasida jahondagi birinchi Wi-Fi 6 ulanish nuqtasini ham ishga tushirdi. Joriy yilning I choragidagi ma’lumotlarga asosan, Huawei jahondagi boshqa har qanday kompaniyaga nisbatan ko‘proq 5G,bazasidagi yechilmlarni sotishga erishgan.

Huawei Consumer Business Group yo‘nalishi o‘zining innovatsion yechimlari tufayli iste’molchilar uchun tijoriy potensialni kuchaytirishda davom etmoqda. Iste’molchilar bilan har qanday ssenariyda o‘zaro aloqani ta’minlash mazkur yo‘nalishning eng muhim strategiyasi hisoblanadi. 2019-yilning I choragida kompaniya dunyo bo‘ylab 59 mln dona smartfon sotdi. Ayniqsa, iste’molchilar SHK, portativ qurilma va “aqlli uy” segmentidagi Huawei ishlanmalariga yuqori baho berishdi.

Huawei Cloud yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni joriy qilishda davom etadi, optimal gibrid bulut yaratishga, sun’iy intellekt bazasida kompleks yechimlar taqdim etishga va inklyuziv sun’iy intellektni keng tarqatishga intiladi. Bir milliondan ortiq korporativ foydalanuvchilar va dasturchilar Huawei Cloud yechimini tanlashgan. Joriy yilning birinchi choragida Huawei Cloud servislari Singapurda ishga tushdi, shuningdek, u o‘zining yangi SI-modelini ham ommaga tanishtirdi. Sun’iy intellekt bazasidagi Huawei Cloud ModelArts universal platformasi Stanford DAWNBench mashinaviy o‘rganish tanlovining tasvir sinflari va inferensiyani o‘rganish kategoriyalarida g‘oliblikka loyiq ko‘rilgan.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют