» » OAV: Xitoy va Pokiston xavfsiz iqtisodiy yo‘lak yaratish haqida kelishib oldi

OAV: Xitoy va Pokiston xavfsiz iqtisodiy yo‘lak yaratish haqida kelishib oldi


Xitoy va Pokiston ikki mamlakat o‘rtasida xafvsiz iqtisodiy yo‘lak yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Bu haqda 17-mart, juma kuni Global Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Xitoy va Pokiston milliy mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni faollashtirishi lozim. Bu ikki tomonlama iqtisodiy yo‘lakni rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratish imkonini beradi”, — deydi XXR Davlat kengashi bosh vazir o‘rinbosari Chjan Gaoli Pekinda Pokiston armiyasi shtab rahbari Kamar Javed Badjva bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng.

O‘z navbatida, Badjva Pokiston qo‘shinlari ikki tomonlama iqtisodiy yo‘lak hududida xavfsizlikni ta’minlash uchun faol ko‘mak berishini ta’kidladi.

Pekin va Islomobod uch ming kilometrga yaqin uzunlikdagi iqtisodiy yo‘lak yaratishni rejalashtirmoqda. Yo‘lak shosse va temiryo‘llarni, shuningdek, Pokistonning Gvadar portini Xitoy Sinszyani bilan bog‘laydi. Bunday yo‘l XXRga neft va neft mahsulotlarini Fors ko‘rfazidan arzonroq va qisqaroq yo‘nalish orqali tashish imkonini beradi, shuningdek, Xitoy tovarlarini Yaqin Sharq va Afrikaga eksport qilishni osonlashtiradi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют