» » Rossiyalik polvon 11 tonnali teploxodni joyidan siljitib, rekord o‘rnatdi

Rossiyalik polvon 11 tonnali teploxodni joyidan siljitib, rekord o‘rnatdi


Rossiyaning Primorya o‘lkasidan bo‘lgan pauerlifter (kuch uchkurashchisi) Ivan Savkin og‘irligi 11 tonna bo‘lgan konteynerlarni tashishga mo‘ljallangan teploxodni joyidan siljitib yangi jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi “Izvestiya”.

Savkin 2-may kuni, sig‘imi salkam 16 ming tonnaga teng “Vladimir Myasnikov” teploxonini birinchi urinishdayoq joyidan qimirlatdi. U kemani 2,5 metr nariga sudrab borishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bu vaqtda qarama-qarshi tomondan 18m/s. tezligida kuchli shamol esayotgan bo‘lgan.

“Ushbu rekordimni ertadan keyin tug‘ilgan kunini nishonlaydigan rafiqam Natalyaga bag‘ishlayman”, — deydi Ivan jurnalistlarga bergan intervyusida.

Ivan Savkin shu kunga qadar Ginnesning rekordlar kitobidan 3 marotaba o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют