» » Zinedin Zidan Chempionlar ligasida “Real”ning “Lester”ga raqib bo‘lishini istamaydi

Zinedin Zidan Chempionlar ligasida “Real”ning “Lester”ga raqib bo‘lishini istamaydi


Bugun — 17-mart kuni Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Undan oldin Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan intervyu berib, raqib “Lester” bo‘lishini istamasligi haqida aytdi.

“Lester”ga tushishni istayotgan murabbiy bor deb o‘ylamayman.

Klub erishib bo‘lmaydi deb hisoblangan natijalarga erishishda davom etmoqda. Ko‘pchilik “Lester”ning APL peshqadamligini saqlab qolishiga ishonmagan bir vaqtda, ular bunga muvaffaq bo‘lgandi. Yana kimlardir “Lester”ning “Sevilya” to‘sig‘idan o‘ta olishiga shubha bilan qaradi, ammo bu ham amalga oshdi.

“Lester” kim bilan o‘ynasa ham favorit bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib ular bosimdan xalosdir. Bu narsa amalga oshmaydigan boshqa bir ishning amalga oshishiga olib kelishi mumkin.

Jamoada bir qator iqtidorli futbolchilar bor. Ular o‘ziga hos ishtiyoq bilan yurakdan to‘p suradi. Bunday futbolchilarga qarshi o‘yinlar oson bo‘lmaydi. Qolaversa bu bosqichda hamma jamoada o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch paydo bo‘lib ulguradi va ular musobaqani yutish uchun borini beradi.

Zinedin Zidan, “Real Madrid” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (17-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют