» » TIV Rossiyada o‘zbekistonlik 3 yoshli bola derazadan yiqilib, halok bo‘lganini tasdiqladi

TIV Rossiyada o‘zbekistonlik 3 yoshli bola derazadan yiqilib, halok bo‘lganini tasdiqladi


Rossiyada o‘zbekistonlik 3 yoshli bola derazadan tushib ketib, halok bo‘lgani haqida OAVlarda e’lon qilingan xabar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) tomonidan tasdiqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2019-yilning 1-may kuni Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk shahrida sodir bo‘lgan. Bola uyning 4-qavatida joylashgan xonadon derazasidan yiqilib tushish oqibatida vafot etgan.

Mazkur xabar Leningrad viloyatining tergov organlari tomonidan tasdiqlangan hamda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.

“Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologda viloyati) hududida joylashgan o‘zbekistonliklar zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют