» » O‘zbekistonlik boks bo‘yicha Osiyo chempioniga uy sovg‘a qilindi

O‘zbekistonlik boks bo‘yicha Osiyo chempioniga uy sovg‘a qilindi


Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yarim o‘rta (-69 kg) vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan Bobousmon Boturovga uy sovg‘a qilindi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax viloyati hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medal sohibi bo‘lgan Bobousmon Boturovga faxriy yorliq, pul mukofoti hamda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidan 3 xonalik uy berilgan.

Bundan tashqari mazkur chempionatda ayollar o‘rtasida – 64 kg vaznda bronza medalni qo‘lga kiritgan Maftuna Meliyeva hamda 2019-yilning 14—19-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shohista Anorovaga faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют