» » Ozbekiston delegatsiyasi Osiyoda hamkorlik muloqoti tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etdi

Ozbekiston delegatsiyasi Osiyoda hamkorlik muloqoti tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etdi


Joriy yilning 30-aprel 2-may kunlari Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi orinbosari Ilhom Nematov boshchiligidagi delegatsiya Doha shahrida bolib otgan Osiyoda hamkorlik muloqoti tashqi ishlar vazirlari kengashining 16-majlisida ishtirok etdi, bu haqdaTashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Uchrashuv doirasida Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli jabhalarda samarali sheriklikni yolga qoyish boyicha yangicha yechimlar hamda OHM nigohi 2030ga binoan, Osiyo xalqlarining umumiy intilishlarini royobga chiqarish maqsadida barqaror rivojlanishning ijtimoiy va iqtisodiy strategiyasi masalalari yuzasidan muhokamalar otkazdi.

Muzokaralarda Ozbekiston delegatsiyasi rahbari mamlakatning Osiyoda hamkorlik muloqoti rolini oshirishni izchil qollab-quvvatlashi, OHMning maqsadlari Ozbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan siyosat yonalishiga mos kelishi qayd etildi.

Dunyo ekspertlarining bergan baholariga kora, Ozbekistonning ochiq siyosat yuritayotgani natijasida tarixan qisqa muddatlarda Markaziy Osiyo davlatlari ortasida ozaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mintaqada barqaror tinchlik vaziyati, dostona muhit va qulay sharoit vujudga kelgan.

Uchrashuv doirasida ishtirokchi davlat vakillari ishtirokida Kichik va orta biznes barqaror iqtisodiy farovonlikning yangi harakatlantiruvchi kuchi mavzusidagi biznes-forum otkazildi.

Osiyoda hamkorlik muloqoti tashqi ishlar vazirlari kengashining 16-majlisi yakunida Osiyoda hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari borasidagi umumiy qarashlarni ozida aks ettirgan Doha deklaratsiyasi qabul qilindi.

Qatar davlati rahbari nomidan tashkil etilgan rasmiy tadbir doirasida Ilhom Nematov va Qatar amiri shayx Tamim bin Hammod al-Toniy ortasida qisqa suhbat bolib otdi. Amir Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy salomlarini va ezgu tilaklarini yetkazib qoyishni soradi. U Ozbekiston Qatar uchun Markaziy Osiyodagi asosiy davlat va istiqbolli sherik hisoblanishini takidladi.

Tashrif doirasida, shuningdek,Ozbekiston delegatsiyasi Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Taniy, Qatar taraqqiyot fondi va Qatarning GWC logistika kompaniyasi rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar otkazdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-05-2019, 20:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -