» » AQSh Suriyaning Idlib viloyatida “Al-Qoida” jangarilariga aviazarba berdi

AQSh Suriyaning Idlib viloyatida “Al-Qoida” jangarilariga aviazarba berdi


Amerikaliklar 16-mart, payshanba kuni Suriyaning Idlib viloyatida “Al-Qoida” guruhi jangarilariga aviazarba berdi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

“AQSh Qurolli kuchlari 16-mart kuni Suriyaning Idlib viloyatida ‘Al-Qoida’ jangarilarining uchrashuv joyiga aviazarba berib, bir nechta terrorchini yo‘q qildi. Idlib so‘nggi bir necha yildan buyon ‘Al-Qoida’ning eng yirik boshpanalaridan biri bo‘lib kelmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Markaziy qo‘mondonlik vakillari, shuningdek, joriy yilning yanvarida boshqa hujum davomida yuzdan ortiq jangari tayyorlanayotgan ekstremistlar tayyorlash lageri yo‘q qilinganligini eslatib o‘tdi.

Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmadi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют