» » Toshkentda do‘konga o‘g‘irlikka tushgan shaxs “tashvish” signalidan keyin yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

Toshkentda do‘konga o‘g‘irlikka tushgan shaxs “tashvish” signalidan keyin yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi


Joriy yilning 30-aprel kunidan 1-mayga o‘tar kechasi soat 01:07 da Mirzo-Ulug‘bek tumani X.Abdullayev ko‘chasi 75A-uyda joylashgan “Saf-Savdo” MChJ do‘konidan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi Monitoring markaziga “tashvish” xabari kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Kelib tushgan xabar zudlik bilan Mirzo-Ulug‘bek tumani 1-sonli Tezkor harakatlanuvchi guruhga yetkazilgan.

Voqea joyiga 4 daqiqada yetib borgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan “Saf-Savdo” MChJ do‘koni kirish eshigining past oyna qismini sindirish yo‘li bilan ichkariga kirgan noma’lum shaxs, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida qo‘lga olinib, tumandagi 1-son IIBB ga topshirilgan.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu noma’lum shaxs 1980-yilda tug‘ilgan Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanida yashovchi D.V. ismli fuqaro ekanligi aniqlangan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют