» » Andijonda urush faxriylari holidan xabar olinmoqda (foto)

Andijonda urush faxriylari holidan xabar olinmoqda (foto)


Ozbekiston Prezidentining joriy yil 23-aprelda imzolangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisidagi farmoni hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga muvofiq, Andijon viloyatida ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari moddiy va manaviy qollab-quvvatlanib, ularga sovga-salomlar topshirilmoqda. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda.

Andijon harbiy prokuraturasi xodimlari hamda Andijon shahrida joylashgan 528-Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoni harbiy xizmatchilari Vatan ozodligi va shani-sharafi uchun kurashgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Xojaobod tumani Manak mahallasida yashovchi 96 yoshli Foziljon ota Teshaboyev hamda Jalaquduq tumanining Qoshtepa MFYsida istiqomat qiluvchi 97 yoshli Zaynobiddin ota Qodirov xonadoniga tashrif buyurib, ular holidan xabar oldi.

Hayotim davomida juda kop qiyinchiliklarni boshdan otkazganman, deydi Foziljon ota Teshaboyev. Bir men emas, millionlab kishilar front azobini tortdi, front ortida jabr korganlar esa hisobsiz edi. Ammo osha yillarda ona xalqimiz korsatgan jasorat va matonat, sabr-toqat chin qahramonlikdir. Yurtmizdagi men kabi urush qatnashchilari va frontorti mehnat faxriylariga barcha shart-sharoitlar yaratilib, har tomonlama qollab-quvvatlanayotganligi ochigi, qalbimizni togdek kotaryapti. Bugungi obodlikni, korkam hayotni korib, farzandlarim, nevara-chevara, evaralarimning baxtli hayotiga boqib xursandchiligimdan boshim osmonga yetadi. Qani endi Xudo menga yana yoshligimni qaytarsa, tinmay ishlagan, xalqimga bundan ham yaxshiroq xizmat qilgan bolar edim.

Otaxonlar oz xotiralarini sozlab berish asnosida yoshlarni bugungi osuda va farovon kunlarning qadriga yetish, uni asrab-avaylashga davat etdi. Ularga mehmonlar tomonidan sovgalar tuhfa etildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-05-2019, 23:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -