» » Bundesliga. “Bavariya” “Hannover”ni qabul qiladi, “Borussiya D” esa “Verder” maydoniga safar qiladi

Bundesliga. “Bavariya” “Hannover”ni qabul qiladi, “Borussiya D” esa “Verder” maydoniga safar qiladi


3-may, juma juni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 32-tur o‘yinlari boshlandi.

Turning dastlabki uchrashuvida “Leypsig” safarda “Mayns” bilan durang o‘ynadi (3:3).

Bellashuvning 20 va 32-daqiqalarida mehmon jamoa a’zosi Lukas Klostermann dublga erishgan bo‘lsa, 43-daqiqaga kelib “Mayns” hujumchisi Karim Onisivo hisobni qisqartirdi (2:1). Oradan olti daqiqa o‘tib “Leypsig” hujumchisi hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi. 67-daqiqada mezbon jamoa a’zosi Mussa Niaxate, 83-daqiqada esa Jan-Filipp Mateta raqib darvozasini ishg‘ol qildi (3:3).

4-may, shanba kuni musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Hannover”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuvga Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da start beriladi. Ma’lumot uchun, Niko Kovach shogirdlari 31-turda “Nyurnberg” bilan durang o‘ynagandi (1:1).

Kunning so‘nggi bahsida musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya” jamoasi “Verder” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv soat 21:30 da boshlanishi belgilangan. Eslatib o‘tamiz, dortmundliklar avvalgi turda o‘z maydonida “Shalke-04”ga mag‘lub bo‘lgandi (2:4).

Bundesliga

32-tur bahslari

3-may, juma

Gollar: 0:1 — 20 Klostermann, 0:2 — 32 Klostermann, 1:2 — 43 Onisivo, 1:3 — 49 Verner, 2:3 — 67 Niaxate, 3:3 — 83 Mateta

4-may, shanba

5-may, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют